Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

“San’atning barhayot siymosi”  13.09.2018 15:48

2018-yil 13-sentabr kuni Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona марказининг ma’naviyat va ma’rifat sektorida Abror Hidoyatov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “San’atning barhayot siymosi” mavzusida dars bo‘lib o‘tdi.

Darsga Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi aktyorlik san’ati o‘qituvchisi R. To‘xtaboyev hamda 10-sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

O‘quvchilar Abror Hidoyatovning hayoti va ijodi bilan tanishdilar. Dars yakunida Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi R.To‘xtaboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston xalq artisti Abror Hidoyatovning o‘zbek teatr va kino san’atidagi o‘rni haqida nutq so‘zladi.

Darsda o‘quvchilar kutubxonadagi adabiyotlar,  “Teatr”, “Jannat Makon”, “Ma’naviy hayot” kabi jurnallardan foydalandilar.

photo_2018-09-13_09-18-07                 photo_2018-09-13_09-12-12 (3)