Gruzinlar Cholokashvili deganni chaqirishibdi, abxazlar – Emxvarilardan birini. Cholokashvili yoshi ulugʻ, sochiga oq oralagan odam ekan, Emxvari boʻlsa yosh yigit. Polvonlar hozir mana shu kema bogʻlab qoʻyiladigan joyda uchrashibdi.
Emxvari qilichini yalangʻochlab raqibiga otilibdi-da, ammo birdan yarogʻini pastga tushiribdi...
-Nimani kutyapsan? – soʻrabdi Cholokashvili yigitdan.
Hurmatli kitobxon! Olovli oʻttizinchi yillar tasvirlangan asarlar orasida gruzin yozuvchisi Konstantine Gamsaxurdianing “Oyning oʻgʻirlanishi” romani alohida oʻrin tutadi. Yozuvchi ushbu asarda, tugʻilib kelayotgan yangilikning oʻlimga mahkum etilgan eski dunyo bilan gʻolibona kurashini zoʻr isteʼdod va katta mahorat bilan tasvirlagan. Sizlarga ushbu asrni oʻqishni tavsiya qilamiz.