Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  30.03.2021 08:35

           Savol: Oilaviy biznesimiz bor - kichik mehmonxonani yuritamiz. Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlaymiz. Kelgusida yaxshi pensiya olish uchun qanday miqdorda badal toʻlash lozim?

          Javob: Pensiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya miqdori stajning davomiyligiga bogʻliq va pensiyaing bazaviy miqdori, talab etiladigan ish stajidan ortiqcha hajmi va pensiyaga ustamalardan iborat ("Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi Qonunning 25-28-moddalari). Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori asosini oʻrtacha oylik ish haqi tashkil etadi, u ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 5 yildagi (pensiya soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha) ish haqi olinadi (Qonunning 31-moddasi).