Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  02.04.2021 14:50

         Savol: Hozir pensiyani rasmiylashtirishda ayrim hujjatlar va maʼlumotnomalarning nusxalari talab etilmayapti deb eshitdim.

         Bular qanday hujjatlar va maʼlumotnomalar?

        Javob: Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab oʻrnatiladigan tartibga muvofiq pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan quyidagilardan foydalaniladi:

  • 2005-2016 yillar davri uchun jamgʻarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
  • 2016-2018 yillar davri uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan;
  • 2019 yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan.
  • 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun pensiyani hisoblashda mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilash "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud maʼlumotlardan.

        Ushbu davrlar uchun arxiv maʼlumotlaridan faqat tizimlarda zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi (2.03.2020 yildagi PF-5953-son Farmonning 20-bandi).