“Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Aqlli kitobxon” intellektual oʻyini biz kutgandan ham aʼlo darajada tashkil etildi. Yoshlarimizning aqliy salohiyatlari va tafakkurlari tahsinga sazovor. 4 shart boʻyicha bellashgan ishtirokchilar bilimlari mustahkam ekanini isbotladilar.
To‘plangan baholari bir xil bo‘lgan ishtirokchilarga qo‘shimcha savollar berilib g‘oliblar aniqlandi. Tanlov g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tanlov qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.