Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

7-aprel “Sogʻlomlashtirish” kuni  07.04.2021 11:26

          2021-yil 6-aprel kuni 7-aprel “Sogʻlomlashtirish” kuni munosabati bilan soat 14:00 da Xorijiy adabiyotlar oʻquv zalida «Zararli odatlar” mavzusida video namoyish etildi.
         Yetakchi kutubxonachi D. Dadajonova  video  boshlanishida har qanday jamiyatning,  har qanday xalqning tayanchi bu yoshlar ekanligini ta'kidlab oʻtdi. Yurtimizning ravnaq topishida va butun dunyoga mashhur boʻlishida ham yoshlarimizning aqlu- zakovati, bilimi va kuch gʻayratiga bogʻliqdir. Shuning uchun ham davlatimiz  ertangi kunimiz boʻlgan yoshlarga alohida eʼtibor qaratib, ularni ham maʼnan, ham jismonan sogʻ boʻlishlari uchun har qanday sharoitni yaratib bermoqda.  
         Video namoishda oʻquvchilar immunitet nima?, Narkotik moddalar nima va ular inson organizmi uchun qay darajada zararligi ekanligi bilan tanishib oldilar. Narkotik moddalarni yurtimizga  noqonuniy yo'llar bilan olib oʻtilayotganligi va ushbu zahri qotil moddalar ichki ishlar organlari tomonidan qay darajada qoʻlga olinayotgani ham koʻrsatilgan. Oʻquvchi yoshlar ushbu video namoish orqali oʻzlariga kerakli boʻlgan maʼlumotlarni va zararli odatlar organizm uchun juda xavfli ekanligini bilib oldilar.

21