Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Bilasizmi?  15.04.2021 07:54

        Savol: Sud da’vosi bo‘yicha muassislar emas, balki MCHJ javobgar bo‘lsa, sud majlisi haqida MCHJ xabardor etilishi lozim. 
Qandan normative hujjatga asosan MCHJ unda sud muhokamasi mavjudligi haqida muassislarni xabardor qilishi lozim? 
        Javob: Qonun hujjatlarida MCHJning sud muhokamasi mavjudligi to‘g‘risidagi muassislarini xabardor qilish majburiyati nazarda tutilmagan.
MChJ muassislarga emas, balki o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning ijroiya organlari yoki vakillari yuritadilar (IPKning 61-moddasi). Qoidaga ko‘ra, bu berilgan ishonchnomaga asosan MChJ nomidan direktor yoki xodim bo‘lishi mumkin.
        MChJ o‘z muassislarini ularga xat yuborish orqali sud jarayoni haqida xabardor qilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, MChJ ustavida ijro etuvchi organning vakolatlari qayd etilgan. Xabardor qilish majburiyatini MChJ ijro etuvchi organi haqidagi nizomda, masalan, "MChJ ijro etuvchi organining muassislar bilan o‘zaro munosabatlari tartibi" bo‘limida qayd etgan ma’qul.