Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  15.04.2021 14:36

       Savol: Ko‘p qavatli turar joyning birinchi qavatidagi ofis binosi korxonaga tegishli. Turar joy bo‘lmagan xonalar bo‘yicha yer solig‘i qanday hisoblanadi?
       Javob: Ko‘p qavatli turar joy binolaridagi turar joy bo‘lmagan xonalar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i turar joy bo‘lmagan binolarning qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqib hisoblanadi (9.12.2019 yildagi O‘RQ-589-son Qonunga 9-ilova izohining 7-b.). Ko‘p qavatli turar joydagi turar joy bo‘lmagan xonaning maydoni kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan.