Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

“Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  19.04.2021 08:40

          Joriy yilning 16-aprel kuni Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 19 ta shahar-tumanda xizmat qilib kelayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

          Bu tanlovda tizimda xizmat qilib kelayotgan 40 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va yong‘in-qutqaruvchilar ishtirok etdi. Tanlov murosasiz tarzda o‘tdi va ishtirokchilardan berilgan savollarga eng yaxshi va to‘liq javob bergan xodimlar saralanib, 3 ta o‘rin aniqlandi. G'olib bo'lgan ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

          Bunday tanlovlarni tashkil etishdan maqsadimiz barcha yosh kitobxonlarimiznig ma’naviy bilim saviyalarini sinovdan o'tkazish va ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.

          Tanlov ishtirokchilari o‘z bilimlarini ko‘rsatib, yanada ko‘proq kitob mutolaa qilish kerak ekanligi to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelishdi. Tanlovni xolisona baholashga 3 nafar malakali hay’at a’zolari jalb etildi.

         Yakuniy baholar natijasiga binoan AKM mutaxassislari D.Raimova, D.Qodirova va L.Botirovalardan qatnashuvchilarga savol – javob vaqtida qo‘shimcha savollar bilan murojaat qilib, qoniqarli javoblarga ega bo‘ldilar. Tanlov yakunida hay’at a’zolarining javobiga asosan, faxrli 1-o‘rinni viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi profilaktika bo‘limi inspektori leytenant X.Abdujabborov, 2-o‘rinni Qo‘qon “Biokimyo” inspektori leytenant N.Qoraboyev, hamda 3-o‘rinni “Farg‘onaazot” 28-YoQQ yong‘in-qutqaruvchisi oddiy askar Z.Alijonovlar egalladilar. Tanlov yakunida faxrli o‘rinlarni egallagan harbiy xizmatchilarimiz kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

         Shuni ta’kidlash joizki, mana shunday tanlovlar yoshlarni yanada o‘z ustida ishlashlari va intilishlari uchun xizmat qiladi. Tashvishimiz, kitob o'qisangiz bas.

33

34

31

32