Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Bilasizmi?  19.04.2021 09:02

       Savol: Qurilish tashkilotiga yer uchastkasi taqdim etilgan bo‘lib, unda ko‘p kvartirali uy barpo etiladi. Bu uydagi kvartiralar sotiladi. Ushbu yer uchastkasi uchun yer solig‘i to‘lanadimi?
 

       Javob: Ha, to‘lanadi. 
Yer uchastkasida qurilish tashkiloti xo‘jalik faoliyatini yuritadi va yer uchastkasidan foyda olish maqsadida foydalanadi. Shu bois unga qurilish davrida ham, uy-joyni foydalanishga topshirishning davlat qabulidan keyin ham soliq solinadi.
Qurilish tashkiloti tomonidan ko‘p kvartirali uydagi barcha joylar sotilgan va kadastr hujjatlari yangi mulkdorlarga qayta rasmiylashtirilgandan keyin, mazkur qurilish tashkilotida ushbu binolar egallagan yer uchastkasidan foydalanish huquqi tugaydi.
Tegishincha, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi (SK 427-m. 2-q.).