Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Tavakkal Qodirov – O‘zbekiston bulbuli  27.04.2021 16:04

         Joriy yilning 27 aprel kunida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq artisti, sohir nafas xonanda Tavakkal Qodirov tavalludining 95 - yilligiga bag‘ishlanib Farg‘ona Pedagogika kolleji bilan hamkorlikda “Tavakkal Qodirov – O‘zbekiston bulbuli” deb nomlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar: O‘zbekiston xalq artisti, Tavakkal Qodirovning jonajon shogirdi, san’atining davomchisi Sultonali Mannopov hamda Farg‘ona viloyat Davlat tili maslahatchisi, hokim o‘rinbosari Sohibjamol Abdullayevna ustozning hayot yo‘li va ijodi haqida gapirib o‘tishdi. Tavakkal Qodirov nomidagi Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabining an’anaviy ijrochilik kafedrasi o‘qituvchilari ustozning “Fasli navbahor o‘ldi” deb nomlangan qo‘shig‘ini maromiga yetkazib aytib berdilar. Tadbir yakunida kutubxona rahbari Xusniyaxon Shermatova qatnashuvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

q0

q3

q5

q6