Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  26.07.2021 13:16

          Savol: Davlat ijrochisi oila a’zolaridan hukm qilingan shaxs uchun jarima to‘lashni talab qilmoqda. Agar 10 kunlik muddatda jarima to‘lanmasa, ijrochi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi (bu holda ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo muddatini uzaytirish) bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi.

          Davlat ijrochisi hukm qilingan shaxsning oila a’zolaridan unga tayinlangan jarima summasini so‘ndirishni talab qilishga haqlimi?

          Javob: Yo‘q, haqli emas.

          Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi (JKning 54-moddasi).

          Sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari ijro hujjatlari hisoblanadi ("Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 7-moddasi 1-bandi).

          Ijro hujjatida undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun - qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi ham ko‘rsatilishi lozim (Qonunning 8-moddasi 4-bandi).

          Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi (Qonunning 9-moddasi 3-qismi).

          Yuqorida bayon etilgan qonun normalariga tayanilsa, sudning hal qiluv qarori bilan hukm qilingan shaxs deb topilgan, jarima tariqasida jazo olgan va ijro hujjatida qarzdor sifatida ko‘rsatilgan shaxs jarimani so‘ndirishi kerak.

          Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yohud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga 10 kunlik muddat ichida murojaat qiladi (Qonunning 32-1-moddasi)