Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazaylik  27.08.2021 13:07

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazaylik

         Farg‘ona shahar hududida yil boshidan 69 ta yong‘in sodir bo‘lib, shulardan 70 foizi aholi yashash uylariga, 20 foizi tadbirkorlik sube’ktlariga, qolgan qismi chiqindi xonalar va ochiq olovdan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslikka to‘g‘ri keladi.
        Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumi davrida aholi turar joylari, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ob’yektlarida is gazidan zaxarlanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
         Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini targ‘ib qilish, fuqarolarning savodxonligini oshirish maqsadida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan aholi turar joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holat, yong‘inlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda harakat qilish tartiblari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan suhbat va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.
         Aziz yurtdoshlar berilayotgan tushuntirishlarga amal qilib o‘zingiz va yaqindaringizni asrang.

9