– Aya! Ayajon! – to‘rt-besh yoshdagi bir qiz uning bo‘ynidan mahkam quchoqlab olgandi. Shahzoda nima bo‘layotganini bilmas, sumkasi quchog‘idan yerga tushib ketgan, bo‘yniga go‘dakning qaltiragan qo‘llari mahkam chirmashib olgan edi. – Men sizning kelishingizni bilardim. Ayam kasalxonadan albatta keladi, tuzalib keladi, derdim... Uyga ketyapsizmi?.. Ayajon, ayajonim...
Hurmatli kitobxon! Saida Zunnunova nozikta’b shoira va talantli adiba edi. U adabiyotimizda sezilarli iz qoldirgan. Ushbu to‘plamga adibaning ko‘p yillar davomida yaratgan hikoyalaridan ayrimlari kiritildi. Hikoyalar onalik baxtini, ayollik burchini, ishqqa sadoqatni, jamiyatimizdagi o‘rnini, orzu-umidlarini lirik lavhalarda tarannum qiladi. Sizlarga Saida Zunnunovaning “Go‘dak hidi” nomli hikoyalar to‘plamini o‘qishni tavsiya qilamiz.